Gvardiola “Real” yulduziga “ko‘z olaytiryapti”

  • 9 avgust, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan o‘yinchi topdi.

Ispaniyalik mutaxassis “Real” hujumkor futbolchisi Rodrigoni olishni istayapti. Marca nashrining yozishicha, yozgi transfarlar oynasi yopilguniga qadar bu ishni amalga oshirsa bo‘ladi.

“Shaharliklar” jamoadan ketish istagini bildirgan Xulian Alvaresni “Atletiko”ga berishga qaror qildi. Uning bo‘shagan o‘rniga Rodrigo har tomonlama mos tushadi.

“Real” yozda Kilian Mbappe o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin Rodrigoning o‘yin vaqti kamayishi kutilmoqda. Braziliyalik futbolchining o‘zi ham avvalroq bundan xavotirga tushgan edi.

Rodrigo Goes “Santos”dan “Real”ga 2019 yili 45 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. Bugungi kunda 23 yoshli hujumkor futbolchining transfer narxi 110 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!