
Gvardiola “Roma”da o‘ynolmagan hujumchiga xaridor
Xosep Gvardiola jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Bundesliga to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Patrik Shikni olib kelmoqchi.
Chexiyalik hujumchi kuchli beshlik chempionatlaridagi ishtirokini “Sampdoriya”da boshlab, keyinchalik “Roma”ga o‘tgan. Rimliklar safida 2017 yildan 2020 yilgacha to‘p surgan futbolchining omadi kelmali. Patrik poytaxt klubida jami 46 ta uchrashuvda atigi beshta gol urdi xolos.
Shik avval ijara asosida “Leyptsig”ga ko‘chib o‘tdi va Bundesligada 22 ta uchrashuvda o‘nta to‘p kiritdi. 2020 yili uni “Bayer” transfer qildi.
Leverkuzenliklar safida 25 yoshli futbolchi zo‘r statistika qayd etmoqda. Joriy mavsumda ShIk 13 ta bahsda 16 ta gol urishga erishdi va Bundesliga to‘purarlari bahsida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Patrik Shik 2016 yildan beri Chexiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U mamlakatining bosh jamoasi safida 33 ta bahsda qatnashib, 17 ta gol muallifi bo‘lgan.
Fikrlar