
Gvardiola: Shuncha pul sarflaganimda, meni o‘ldirib qo‘yishardi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasi klublari orasida katta xarajatlar bilan ajralib turgan “Chelsi” transferlariga munosabat bildirdi.
“Aristokratlar” oxirgi bir yil ichida yangi o‘yinchilarni olishga qariyb bir milliard evro sarfladi.
- “Chelsi”ga bizga qaraganda ancha oson. “Manchester Siti” transferlarga buncha pul sarflaganida, men bu erda o‘tirmasdim, meni o‘ldirib qo‘yishardi. Atrofimizdagi shov-shuvlar aqlbovar qilmas darajada qaynardi.
Men “Chelsi”ni tanqid qilmayapman. Har bir klub nimani to‘g‘ri deb bilsa, shuni qiladi. Lekin biz bundan qila olmaymiz. Todd Byolidan hayratdaman, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar