Gvardiola sirini ochdi
"Manchester Siti" bosh murabbiy Xosep Gvardiola muvaffaqiyatli jamoa shakllantirish sirini ochdi.
“Qaysidir mavsumda nimadir yutib olish mumkin, ammo yillar davomida barqarorlikni saqlab qolishning faqat bitta siri bor - sizga sifatli futbolchilar kerak. O‘z darajamizda uzoqroq turish uchun iloji boricha yaxshi o‘yinchilarni sotib olishga harakat qilamiz”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
“Manchester Siti” 33 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda va muddatidan avval chempion bo‘lish arafasida turibdi.
“Shaharliklar” bundan tashqari Parijdagi g‘alabadan so‘ng UEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib oldi.

Fikrlar