
Gvardiola “Siti” kurashdan chiqqanini e’lon qildi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub “Tottenxem” yulduzi Harri Keyn uchun kurashdan chiqqanini tan oldi. Avvalroq, “shaharliklar” angliyalik to‘purar uchun 100 million funt taklif qilib, rad javobini olgani aytilgandi.
- Bugungi kunda aytilayotgan narxga hujumchi olmoqchi emasmiz. Bizda bu transferni amalga oshirish imkoni yo‘q. Hamma klublar qatori moliyaviy qiyinchilikni boshdan o‘tkazyapmiz.
Tarkibimzda Gabriel Jezus va Ferran bor va ular o‘z pozitsiyasida ajoyib o‘ynayapti. Qolaversa, akademiyamizda ham iste’dodli futbolchilar etishib chiqmoqda. Kelasi mavsum uchun qimmatbaho futbolchi olmaymiz, - dedi Gvardiola.
Hozircha, Harri Keynni faqatgina “Barselona” olmoqchi. 28 yoshli hujumchi yakunlangan mavsumda 49 uchrashuvda maydonga tushib, 33 gol urdi va 17 golli pas uzatdi. Uning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmiga davom etadi.
Fikrlar