Gvardiola “Siti”dan ketadigan bo‘ldi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub bilan hamkorlik borasida yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda.
Ispaniyalik mutaxassisning amaldagi bitimi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Shundan so‘ng, Gvardiola Manchesterni tark etishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, tajribali murabbiy ma’lum muddat ta’tilga chiqib, futboldan chalg‘imoqchi ekan.
Gvardiolaning o‘zi yaqinda klublar miqyosidagi faoliyatini yakunlab, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan terma jamoalarga ustozlik qilish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.
Gvardiola “shaharliklar”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda va jamoa bilan jami 10 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, “Manchester Siti”ni Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirish unga armon bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar