
Gvardiola "Siti"dan ketayotgan Aguero haqida nimalar dedi?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach jamoadan ketishini e’lon qilgan hujumchi Serxio Aguero haqida gapirdi.
“Hali u bilan yana ikki oy birga ishlaymiz. Bugun mashg‘ulotlarda men uning qanchalik yaxshi ekanligini va mehnatkashligini ko‘rdim.
Serxioning o‘rnini hech kim bosa olmaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘rnini bosadigan futbolchi 360 ta o‘yinda maydonga tushishi va 250 dan ortiq gol urgan bo‘lishiva ko‘plab unvonlarga ega bo‘lishi kerak. Shunday ekan unga o‘rinbosar topish oson bo‘lmaydi.
U bu klubda o‘ynagan eng yaxshi hujumchi. U – afsona. U buyuk inson va agar u bundan keyin ham oldinga intilishda davom etsa, u holda o‘z faoliyatini kamida yana 2, 3, 5 yilga uzaytirishi mumkin.
Aguero klubning yangi bosqichga chiqishiga yordam berdi. Shuning uchun ham jamoadagi hamma undan doimo minnatdor bo‘ladi”, - dedi Gvardiola.
Fikrlar