Gvardiola Xavining "Barselona"dagi faoliyatiga baho berdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining sobiq jamoasi – “Barselona”ni qiyin vaziyatda qabul qilib olgan Xavi haqida gapirdi.
“Men jamoadagi vaziyatni to‘liq bilmayman, lekin menimcha, u (Xavi) albatta yaxshi ishladi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Xavi 2021 yilning 6 noyabridan buyon “Barselona”ni boshqarib kelmoqda. Kataloniyaliklar uning boshqaruvida La Ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar