
Gvardiola Xoland bo‘yicha xunuk xabar aytdi
“Manchester Siti”ga kelganidan buyon ketma-ket ikki marotaba Angliya Premer-ligasining eng zo‘r to‘purari bo‘lgan Erling Xoland hali yangi mavsumga to‘liq tayyor emas.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik futbolchining ahvoli yaxshi emasligini aytib, muxlislarni xavotirga soldi.
Erling o‘zini yomon his qilyapti. Uni xavfga qo‘yishni istamaymiz. Lekin ertami-kechmi, u mashg‘ulot va o‘yinlarda oldinga qadam tashlashiga to‘g‘ri keladi. Chunki mavsum yaqinlashib qoldi.
Biz uning salomatligini xavfga qo‘yib, uzoq muddatga yo‘qotishni xohlamaymiz. Bu yanada katta muammo tug‘diradi, - dedi Xosep Gvardiola.
“Shaharliklar” Xolandni ikki yil muqaddam “Borussiya Dortmund”dan 60 million evroga transfer qilgandi. Manchesterliklar tarkibida Erling barcha turnirlarda 98 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 90 ta gol va 15 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar