Gvardiola Xolandning nega maydonga tushirilmaganiga izoh berdi

  • 10 dekabr, 2023, 19:01
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchi Erling Xolandning "Luton Taun"ga qarshi nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushirilmaganiga izoh berdi. 

"Uning oyoq suyaklari biroz shikastlangan. Oxirgi bahsda bu sezilganini uning o‘zi aytib o‘tdi, shu sababdan Xoland bugun maydonga tushmaydi. 

U qancha vaqtga safdan chiqqanini bilmayman. Haftadan haftaga, kundan kunga vaziyat qanday borishini kuzatib boramiz. Umid qilamanki, u tezda yana safga qaytadi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Luton" - "Manchester Siti" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!