Gvardiola yozda 200 million evroga ikki o‘yinchi oladi. Nomzodlar ma’lum

  • 20 mart, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” qishki  transferlar davrida boshlangan yangilanishlarni mavsum yakunlanganidan keyin ham davom ettiradi.

Tecno

Klub rahbariyati shu paytga qadar yuksak natijalarni qayd etgan engilmas tarkibning davri o‘tgani va uni yangilash kerakligini tushunib etgan. “Shaharliklar”ning transfer siyosatiga e’tibor qaratsak, ular yosh va iqtidorli o‘yinchilarni jamoaga jalb qilib kelmoqda.

“Siti” xo‘jayinlari yozda olinadigan ikki futbolchi uchun 200 million evro ajratadigan bo‘ldi. Xosep Gvardiola bu pulga bittadan hujumkor o‘yinchi va qanot himoyachisini olishni ko‘zlayapti.

Florian Virts:

Germaniyaning “Bayer Leverkuzen” jamoasining yarim himoyachisi Florian Virts — Evropa futbolidagi eng istiqbolli yosh yulduzlardan. Maydonni yaxshi ko‘ra olishi, balansni ushlab turish va hujumda xavf yaratish qobiliyati tufayli Virts “Siti”ning hujumkorligini sezilarli darajada kuchaytiradi.

Andrea Kambyaso:

“Siti” anchadan beri Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Andrea Kambyasoni ham kuzatmoqda. Andrea tezkorligi evaziga himoyadagi vazifalarini uddalash bilan birga hujumga ham qo‘shilishni xush ko‘radi. Aynan “Manchester Siti”ga mos o‘yinchi ekani aytilmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!