
Gvardiola “yunaytedchilar” ovozini o‘chirib qo‘ydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining Chempionlar ligasida “Real”dan mag‘lub bo‘lganini tanqid qilgan “Manchester Yunayted”ning sobiq o‘yinchilariga juda qattiq javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha o‘yindan keyin Patris Evra Gvardiola ohir xarakterli yulduo‘larni boshqara olmayotganini, Dimitar Berbatov “Siti” o‘rtamiyona klub ekanini aytgandi.
- Berbatov, Zeedorf va Evra kabi ekspertlarning hammasi sobiq futbolchilar. Men ularga qarshi o‘ynaganman. “Barselona” bilan Chempionlar ligasi finalida ularni chilparchin qilib tashlaganimda ularda o‘zlari aytayotgan xarakterni umuman ko‘rmaganman.
Madriddagi o‘yinda biz bir daqiqada ikkita gol o‘tkazib yubordik. Yana gol urish uchun bir juft vaziyat yarata oldik. Gap xarakterda emas. Aynan shu xarakterimiz tufayli so‘nggi o‘yinlarda 22 ta to‘p kiritdik, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar