
Gvardiolaga hujumchi kerak
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumlar oralig‘ida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqchi.
Eurosport tarqatgan xabarga qaraganda, "shaharliklar" ustozi bu borada "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn nomzodini ilgari surmoqda. Agar angliyalik futbolchini qo‘lga kiritish imkoni bo‘lmasa, u holda "Manchester Siti" belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku ("Inter"), norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni ("Borussiya" Dortmund) yoki argentinalik hujumchi Lautaro Martinesni ("Inter") sotib olishga e’tibor qaratadi.
Bundan tashqari, "Atletiko" hujumchisi Joau Felish va "Real Sosedad" hujumchisi Mikel Oyarsabal ham "Manchester Siti"ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi.
“Manchester Siti” o‘tgan mavsum garchi APLda g‘olib chiqqan bo‘lsada, Chempionlar ligasi finalida “Chelsi”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar