
Gvardiolaning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi
“Manchester Siti” rahbariyati joriy mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan Xosep Gvardiola bilan kelishuvni uzaytirdi.
Shunga qaramay, klub mutasaddilari 2025 yilda ushbu bitim tugaganidan keyin jamoa boshqaruvini kimga topshirishni ham rejalashtirib qo‘ydi.
Unga ko‘ra, “shaharliklar” ikki yarim yildan keyin ayni paytda “Arsenal”ni boshqarayotgan Mikel Artetani yana ortga qaytarishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis London klubini qabul qilib olgunga qadar Xosep Gvardiolaning yordamichisi sifatida “Siti”da ishlagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” rahbariyati Mikel Artetani kelajakka mo‘ljallagan rejalaridan xabardor qilgan.
Fikrlar