Gyundogan "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 21 iyun, 2023, 15:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning roziligini oldi. Bu haqda jurnalist Toni Xuanmarti ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, kelishuv endi "Barselona" rahbariyatiga bog‘liq bo‘lib, ular moliyaviy inqiroz sharoitida yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lini topishi kerak.

Avvalroq Gyundoganga "Kamp Nou"da 3 yillik shartnoma taklif qilingandi. Ayni paytda Londonning “Arsenal” klubi ham germaniyalik futbolchining transferi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Gyundogan Angliya premer-ligasining so‘nggi mavsumini 8 gol va 4 golli uzatma bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!