"Атлетико": Hоy "Real", bizni "Barselona"dan koʻproq kuldiryapsiz!
Avvalroq "matraschilar" faqat beshta kulib turgan smaylik joylashtirish bilan cheklangan bo'lsa, bu safar klub vaziyatga batafsil munosabat bildirdi.
"Atletiko" rasmiy bayonotida ta'kidlanishicha, klub argentinalik hujumchi Xulian Alvares transferi bo'yicha takliflarni na oldin ko'rib chiqqan, na hozir, na kelgusida bunday takliflarni muhokama qilishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, madridliklar "qo'shnilar"ning klublar o'rtasidagi "yaxshi munosabatlar" haqidagi gaplariga kulimsirab javob qaytardi.
- Siz, ehtimol, odob-axloqni minnatdorlik bilan adashtirdingiz, lekin aniqk kiririb qo'yamiz: biz sizdan mutlaqo hech narsa uchun minnatdor emasmiz. Qanday qilib siz bilan til topisha olishimiz mumkin, axir siz bizga "Barselona"dan ham ko'proq kulgu tuylayapsiz, - deyiladi bayonotda.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq "Real" Alvares uchun 150 million yevro taklif qilganini, ammo "Atletiko" bu taklifni rad etganini ma'lum qilgan edi.

Fikrlar