Habib Nurmagomedov: "30 million dollardan voz kechish oson emas"

  • 31 oktabr, 2023, 12:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Engil vazn (70,3 kg) toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov (29-0) professional faoliyatini qanday yakunlashga qaror qilgani haqida gapirib berdi.

Dunyoning eng zo‘r jangchisi bo‘lganingizda, kuchingiz to‘la, pulingiz va shon-shuhratingiz bor ekan, bularning barchasidan voz kechish juda qiyin. 20 yoki 30 million dollarga yo‘q deyish oson emas, lekin shaxsan men uchun bularning barchasi birinchi o‘rinda emas. Bu oson qaror emas edi, lekin men buni qabul qildim. Men sportni tashladim va bundan xursandman. Bu qarorga kelganimdan zarracha afsuslanmayman”,- dedi Nurmagomedov ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 2020 yilning kuz oyida faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!