
Habib Nurmagomedovning menejeri Toni Fergyusonga taklif bilan chiqdi
Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Aziz Toni Fergyusonga 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan “UFC 254” turnirida Islom Maxachevga qarshi jang qilishni taklif qildi.
29 yoshli Maxachevning raqibi Rafael Dos Anos bo‘lishi kerak edi. Biroq braziliyalik jangchida koronavirus aniqlanganligi bois, turnirni tark etgandi.
“Nima bo‘ldi, Toni? Habibga eng yaqin yo‘l Islom Maxachevdir. Ushbu jangni o‘tkazishni xohlaysanmi? Rahmat ser Fergyuson”, - deb yozdi Abdul-Aziz o‘z Tvitter sahifasiga.
36 yoshli Fergyuson faoliyati mobaynida 25 ta g‘alaba va 4 mag‘lubiyatni qayd etgan. Uning Habib Nurmagomedov bilan jangi besh marta bekor qilingandi.
Islom Maxachev vazn toifasidagi bir nechtasini jangga chorlamoqda
Fikrlar