
Habib oktagonga qaytishiga sha’ma qildi
UFC engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov promoushen prezidenti Dana Uaytga murojaat qildi.
"Dana Uayt, tez orada ko‘rishamiz," - deb yozdi Nurmagomedov o‘zining Instagram sahifasida.
Habib "UFC 254" doirasida Jastin Getjini mag‘lub etganidan so‘ng, onasiga va’da bergani tufayli faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Dana Uayt bir qancha intervyularida rossiyalik jangchi yana qaytishini ma’lum qilayotgandi.
Fikrlar