
Habib va Konor yana o‘zaro jang qiladi
UFC prezidenti Dana Uaytning irlandiyalik mashhur jangchi Konor MakGregorga Habib Nurmagomedov bilan revansh jangini uyushtirib berish rejasi oshkor bo‘ldi.
Promoushen rahbari Konorga 2020 yilning sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan jang tashkil qilib berishni va’da qildi.
- Habib va Getji jangini kutyapman. Ko‘ramiz u qanday tugarkan. Bundan keyin mazkur jang g‘olibi bilan Konorning jangini uyushtiraman, - dedi Uayt.
Ko‘pchilik mutaxassislar Habib – Getji bahsida rossiyalik sportchining imkoniyatini yuqori baholamoqda. Agar taxminlar o‘zini oqlasa, yana bir bor Habib va Konor ishtirokidagi jang millionlab muxlislar e’tiboriga havola qilinadi.
Bu ikki jangchi o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuvda Habib Nurmagomedovning qo‘li baland kelgan edi. Bungacha Konor bir necha marotaba Habibni revansh jangiga chaqirgan, lekin Habib takliflarni rad etib kelayotgan edi.
Tezkor xabar! Habib Nurmagomedov koronavirusga test topshirishdan bosh tortmoqda
“Anji” prezidenti: Habibning otasini davolasholmadi
Getjining ishtahasi karnay: Oldin Xabibni kaltaklab, keyin Konorga o‘taman
Do‘st kulfatda bilinadi! MakGregor: Men Nurmagomedov uchun duodaman
Fikrlar