Habibning amakisi uning faoliyatini yakunlashiga qarshi chiqqan
Rossiyalik aralash jang san’ati ustasi Habib Nurmagomedovning faoliyatini to‘xtatgani amakisiga yoqmagan. Bu haqida Nurmagomed Nurmagomedovning shaxsan o‘zi gapirib o‘tdi:
"Habibning faoliyatini yakunlashiga qarshi edim. Men uning qaroriga qarshi chiqqan oilamizdagi yagona inson edim. Ammo u mustaqil odam va o‘z taqdirini hal qila oladi. Men hali ham bu fikrga qarshiman. U yana jang qila oladi.
Uning qaytishi haqida gapirishim mumkin bo‘lgan gap: har qanday stsenariy takrorlanishi mumkin.
Men ham Habibning jang o‘tkazishini xohlayman. Bittagina emas. Ammo bu uning shaxsiy qarori bilan hal bo‘ladigan masala", - dedi Nurmagomedov.

Fikrlar