Habibning otasini ahvoli haqida yangi ma’lumot

  • 2 iyun, 2020, 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

 UFC chempioni Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov qariyb ikki oydan buyon koronavirus bilan olishib yotibdi.

Anchadan buyon bemor haqida ma’lumot tarqatilmayotgan edi. Endi chempionning jiyani Umar oilaviy ma’lumotni e’lon qildi.

- Amakimning sog‘lig‘i haqida aniq ma’lumot va yangiliklar berilmayotgan edi. Ayni paytda uning ahvoli og‘ir, lekin barqaror. Yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatilmoqda, - dedi Umar Nurmagomedov.

Abdulmanap Nurmagomedov hozir Moskva shahridagi harbiy gospitallardan biriga yotqizilgan. Uning muolajasini mamlakat prezidenti Vladimir Putin o‘z nazoratiga olgan.

Habibni esa oldinda o‘ta murakkab janglar kutib turibdi.

Habib va Konor yana o‘zaro jang qiladi

Tezkor xabar! Habib Nurmagomedov koronavirusga test topshirishdan bosh tortmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!