
Hakamlarimiz "Fors ko‘rfazi kubogi"da ishlaydi!
2023 yilning 6-19 yanvar kunlari Iroqning Basra shahri an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "Fors ko‘rfazi kubogi"ga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqada Osiyoning arab mamlakatlari — Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Ummon, Bahrayn, Kuvayt va Yaman terma jamoalari ishtirok etishadi. E’tiborli tomoni, musobaqa tashkilotchilari O‘FAga FIFA hakamlarimiz — Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Sanjar Shoyusupov (yordamchi hakam) va Alisher Usmonov (yordamchi hakam)ning ishtiroklari bo‘yicha rasmiy taklif yuborgan.
25 marotaba tashkillashtirilayotgan "Fors ko‘rfazi kubogi"da ishlaydigan hakamlarimiz:
Ilgiz Tantashev;
Sanjar Shoyusupov;
Alisher Usmonov.
Vakillarimiz musobaqaga joriy yilning 31 dekabr kuni uchib ketishadi.
Fikrlar