
Hala Madrid!: Kazemiro “Real” muxlislariga xayrlashuv maktubini yo‘lladi
“Real”dan “Manchester Yunayted” safiga ko‘chib o‘tgan Kazemiro “qirollik klubi” muxlislariga xayrlashuv maktubini yo‘lladi.
“Men hayotimdagi eng ajoyib hikoyani boshdan kechirdim. Madrid har doim mening uyim bo‘lib qoladi va o‘ylaymanki, men bu erga yana qaytaman. Menga bergan imkoniyatlari uchun “Real” rahbariyatidan, muxlislaridan minnatdorman. Ular menga bergan mehrni butun umr ham qaytara olmasam kerak. Bu klub abadiy qalbimda qoladi... Hala Madrid!”, — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” kecha Kazemironi o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Ingliz klubi 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “Real”ga 60 million evro va qo‘shimcha 10 million evro bonus to‘laydi.
Fikrlar