
Ham Messi, ham Ronalduni boshini egib qo‘ygan faqat ikki darvozabon bor
Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionati pley-off bosqichida Portugaliya terma jamoasi Sloveniya bilan asosiy va qo‘shimcha taymda durang o‘ynab, g‘olib penaltilar seriyasidan aniqlangan edi.
G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha taymlarda Ronaldu penaltini aniq bajara olmadi. Raqib darvozaboni Yan Oblak portugaliyalik yulduzning zarbasini bartaraf etdi.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, Yan Oblak zamonaviy futbolda eng ko‘p gol urgan ikki futbolchi – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining penaltidan yo‘llagan zarbalarini qaytargan ikkinchi darvozabon bo‘ldi.
Ungacha faqatgina Diego Alves bu ikki yulduzni uyaltirgan edi. Braziliyalik golkiper Ispaniya chempionatida “Almeriya” va “Valensiya” darvozalarini qo‘riqlagan.
“Atletiko” posboni Yan Oblak Messining penaltisini argentinalik yulduz “Barselona”da o‘ynab yurgan davrda, yaxni 2015 yili Ispaniya kubogi doirasidagi bahsda qaytargan.
Fikrlar