
Hamma kutgan yangilik: Ronaldu kelasi mavsumni qaerda boshlashini hal qildi.
Krishtianu Ronaldu jahon futbolida to‘purarlik rekordlarini yangilashni davom ettiradi. 39 yoshli hujumchi professional faoliyatini to‘xtatish haqida o‘ylayotgani ham yo‘q.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Ronaldu “An-Nasr” bilan hamkorligini uzaytiradigan bo‘ldi.
Ayni paytda tomonlar 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomni uzaytirish uchun muzokara boshlagan.
Ronaldu 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. Shu bois, unga muntazam o‘yin amaliyoti kerak bo‘ladi. Rekordlarni urishni yaxshi ko‘radigan portugaliyalik yulduz mundialda ishtirok etsa, oltita jahon chempionatida to‘p tepgan yagona futbolchiga aylanadi.
Bundan tashqari, Ronaldu rasmiy uchrashuvlardagi umumiy gollari sonini mingtaga etkazib qo‘yishni reja qilgan. Hozir uning hisobida 903 ta gol bor. Va uning har bir kiritgan to‘pi yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
Fikrlar