Hammasi tugadi? Xavining "Barselona"ni tark etish zhtimoli yuqori

  • 24 aprel, 2024, 21:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Barselona" bosh murabbiyi Xavi mavsum so‘nggida jamoani tark etishi borasida rasman e’lon qilgandi. Shundan keyin klubning natijalari o‘zgardi va oxirgi ikkita mag‘lubiyatni hisobga olmaganda ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. 

Tecno

So‘nggi kunlarda ispaniyalik mutaxasisning "Barselona"da qolishi mumkinligini borasida ko‘plab mish-mishlar chiqdi. U va rahbariyat o‘rtasida bugun, ya’ni chorshanba kuni muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak edi, shunday bo‘ldi ham. 

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Joan Laportaning qistovlariga karamay, Xavi o‘z fikrini o‘zgartirmadi va ketishga qaror qildi. Rahbariyatning katta qismi ham bunga qarshi emas. Endi "Barsa" yangi murabbiy izlashni boshlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!