Hamyurtimiz Bogdan Guskov TOP10 talikka kirdi!

  • 30 iyul, 09:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘tgan hafta Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan "UFC on ABC 9" turniridan so‘ng promoushen reytingi yangilandi.

Tecno

E’tiborlisi, o‘sha oqshomda rossiyalik Nikita Kirilovni mag‘lub etgan hamyurtimiz Bogdan Guskov UFC ning yarim og‘ir vazn toifasi reytingida 10-o‘ringa ko‘tarildi. Raqib esa 12-o‘ringa qaytdi.

Shuningdek, Rene de Ridder 8 pog‘ona yuqorilab, o‘rta vaznda 5-o‘ringa kirib oldi. Niderlandiyalikdan engilgan Robert Uittaker esa 7-o‘ringa tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi UFC turniri 4 avgust kuni AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!