
Harri Keyn “Bavariya”ga o‘zi bilan o‘ynagan do‘stini olib kelmoqchi
“Bavariya”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Harri Keyn sobiq jamoasi – “Tottenxem” markaziy himoyachisi Erik Dayerning transferiga jiddiy qiziqish bildiryapti.
Bayern & Germany nashriga ko‘ra, tajribali hujumchi Myunxen superklubi xo‘jayinlarini va bosh murabbiy Tomas Tuxelni bu transferga ko‘ndirgan.
Mutaxassislar Keyn va Layer uzoq muddat – 2014-2023 yillar davomida birga o‘ynagan va yaqin do‘st ekaniga e’tibor qaratmoqda.
Ayrim ommaviy axborot vositalari “Bavariya” mutasaddilari 29 yoshli himoyachi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Fikrlar