
Harri Keyn “Tottenxem”ga qaytmadi!
“Tottenxem” hujumchisi Hari Key ta’tildan chiqib, bugun jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kerak edi. Biroq, ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati uni “Manchester Siti”ga qo‘yib yubormayotgani uchun Keyn mashg‘ulotlarda qatnashishdan bosh tortmoqda.
Avvalroq, “Manchester Siti” 187 million evro evazga 28 yoshli hujumchini transfer qilishi va “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi bunga to‘sqinlik qilmasligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Harri Keynning o‘zi ham klub rahbarlari uni shu yoz qo‘yib yuborishga va’da berganini ta’kidlamoqda.
“Tottenxem” rahbariyati esa, hali asosiy to‘puraridan voz kechmoqchi emas. Keynning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar