
Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldarovning jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Okean ortida mashg‘ulotlar olib borayotgan professional bokschilarimiz Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldarovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Do‘smatov va Xoldarov 21 may kuni Meksikadagi Meksikali shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringa ko‘tariladi. Ushbu oqshomda Do‘smatovga Moizes Gutierres (10-0-2, 5KO) raqiblik qiladi. Xoldarovning raqibi hali aniq bo‘lganicha yo‘q.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Fikrlar