Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jangi qachon bo‘ladi? Bokschimizning o‘zi javob berdi

  • 29 iyun, 2021, 07:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, boks bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov professional boksda faoliyat olib bormoqda. U profi ringda uchta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan holda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda. 

Tecno

Quvonarlisi so‘ngi jangini 3 aprel kuni Toshkentda tanzaniyalik Muxsin Kizotaga qarshi o‘tkazib, WBA International kamarini qo‘lga kiritgan edi. Albatta, boks ixlosmandlari ushbu bokschimizning navbatdagi jangini orziqib kutayotgan bo‘lsa ajab emas. 

Shu nuqtai nazardan biz Do‘smatov bilan bog‘lanib, uning keyingi jangi borasida ma’lumot olishga harakat qildik. 

- Navbatdagi jangim avgust oyining oxiri yoki sentyabrning boshida bo‘ladi. Har holda menga shunday ma’lumot berdilar. Kutilayotgan jangimda o‘zimga tegishli bo‘lgan WBA International kamarini himoya qilaman. Jangimni qaerda o‘tishi hozircha aniq emas. Agar, o‘sha vaqtga qadar viza masalasini hal qila olsak, AQShda ringga ko‘tarilaman. Buni imkoni bo‘lmasa Rossiyada jang qilaman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!