Hind aktyori Salmon Xonning raqibi bo‘lgan UFC jangchisi yana oktagonga ko‘tariladi

  • 3 may, 2020, 15:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 UFC prezidenti Dana Uayt yarim o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Tayron Vudli keyingi jangni qachon o‘tkazishini aytdi.

Tecno

"Hozir Vudlining jangi ustida ishlamoqdamiz. Ikki hafta ichida to‘rtta turnir o‘tkazamiz. Katta ehtimol bilan, Tayron ushbu turnirlarning so‘nggisida oktagonga ko‘tariladi”, - dedi Uayt.

 Uning raqibi Gilbert Berns bo‘ladi. Turnir 23 mayga belgilangan. Avvalroq, 38 yoshli Vudli raqib topishdagi qiyinchiliklar yuzaga kelganligi haqida aytib o‘tgandi. U avvalgi yilning mart oyidan beri ya’ni chempionlik kamarini Kamaru Usmonga boy berganidan buyon jang o‘tkazmagan edi. Mazkur jangchi nafaqat UFC janglarida, balki kino olamida ham tez-tez ko‘rinish berib turadi. Jumladan, mashhur hind filmi "Sultan"  da taniqli aktyor va bosh qahramon Salmon Xonning raqibi sifatida sur’atga tushgan. Shuningdek, "Kikbokschi", "O‘rgimchak odam: Uyga qaytish" filmlarida ham o‘z rolini maromiga etkazib o‘ynagan. 

Manba : SB.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!