Hozir Angliyada shu ikkisidan zo‘ri yo‘q!

  • 18 sentabr, 2022, 20:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Tottenxem” himoyachisi Kristian Romero Angliya premer-ligasidagi eng zo‘r hamkasblari kimligini aytdi.

“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deykning o‘yinida pasayish kuzatilayotganiga qaramay, Romero niderlandiyalik futbolchini o‘z pozitsiya bo‘yicha eng zo‘r o‘yinchi ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Romero “Manchester Yunayted”ning yangi vakili Lisandro Martinesni ham premer-ligadagi eng ishonchli himoyachi sifatida e’tirof etdi. Romero manchesterliklar himoyachisi bilan birga Argentina terma jamoasida to‘p tepadi va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.

- Avvallari faqat “Barselona”ning o‘yinini tomosha qilish yoqardi. Chunki Karles Puyol, Jerar Pike, Xaver Maskeranoning harakatlarini kuzatib borardim. Jamoa juda chiroylik o‘ynardi.

Bugungi kunda eng yaxshi himoyachilar sifatida har doimgidek Virjil Van Deyk va “Manchester Yunayted”dagi Lisandro Martinesni ko‘rsatishim mumkin. Hozir premer-ligada ulardan zo‘ri yo‘q, - dedi Kristian Romero.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!