Hujumchilaridan norozi bo‘layotgan Klopp zo‘r to‘purarni ko‘zladi

  • 9 fevral, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda “Lion” bilan shartnomasi yakunlanadigan Memfis Depayni o‘z jamoasiga qo‘shib olishga qaror qildi. Germaniyalik mutaxassis shu yo‘l bilan jamoa hujum chizig‘idagi raqobatni oshirmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Klopp “Liverpul”ning hujumdagi samaradorligi pasayib ketganidan norozi bo‘lmoqda va jamoaga yangi to‘purar kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.

Ana shu maqsadda, “Liverpul” rahbariyati tez orada Memfis Depay bilan muzokara kirishmoqchi. Chunki niderladiyalik futbolchiga “Barselona” va “Yuventus”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

Aslida “Lion” rahbariyati yozda  erkin agentga aylanadigan hujumchini bepul qo‘yib yubormaslik uchun uni qishda 5 million evro atrofidagi mablag‘ga qo‘yib yubormoqchi edi. Biroq, Depayga qiziqayotgan klublardan jo‘yali taklif bo‘lmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!