Hujumkor legionerimiz Premer-ligadan yangi jamoa topdi

  • 25 yanvar, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Shahboz Umarov Qozog‘iston Premer-ligasida “Ordabasi” safida uch mavsum to‘p tepganidan keyin yaqinda Chimkent klubini tark etgan edi.

25 yoshli futbolchimizning qozoq klubidagi faoliyati yorqin bo‘ldi. Shahboz chimkentliklar tarkibida mamlakat kubogi va milliy chempionatda g‘olib chiqdi. 31 dekabr kuni klub bilan shartnomasi yakunlangan futbolchisiz ayni paytda rasman erkin agent hisoblanadi.

Qozog‘iston futbolini yoritib kelayotgan manbalarning xabar berishicha, Shahboz Umarov faoliyatini Turkiston viloyatining “Turon” jamoasida davom ettirishi yuqori. Ayni paytda o‘zbek futbolchisi bu jamoaning Turkiyada tashkil etilgan xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Umarov Belek shahrida Chexiyaning “Gralets-Kralove” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu bahsda raqib 6:2 hisobida zafar quchdi.

Ta’kidlash joizki, “Turon” o‘tgan mavsumni 12-pog‘onada yakunladi va Premer-ligadagi joyini saqlab qoldi.    

Shahboz Umarov aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin poytaxtliklar asosiy tarkibiga kira olmaganidan keyin faoliyatini Olmaliqda davom ettirgan.  

Ikki yil OTMK jamoasi sharafini himoya qilgan Umarov bu jamoa safida O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi.

2020 yilning yozida iste’dodli futbolchi legionerga aylandi. Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida bir yil to‘p tepganidan keyin uni ushbu mamlakatning etakchi jamoasi – BATE o‘z safiga qo‘shib oldi.

Maydonda bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Shahbozning Borisov shahri jamoasidagi debyut mavsumida juda samarali o‘yin ko‘rsatdi. Biroq keyingi mavsum oldidan ishi orqaga ketdi. Bosh murabbiy bilan urishib qolgan hamyurtimizni murabbiylar shtabi yarim yil davomida maydonga tushirmadi.

BATE rahbariyatimurakkab vaziyatni yumshatish maqsadida legionerimizni keyinchalik sotib olish huquqi bilan Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasiga yarim yilga ijaraga berdi.

O‘zbek legioneri Belarusni quruq tark etgani yo‘q. BATE safida mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.  

Umarov qo‘shni davlat chempionatiga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘z iqtidorini namoyish qila oldi va chimkentliklarning asosiy o‘yinchisiga aylandi. “Ordabasi” o‘zbek futbolchisining transferini to‘liq sotib oldi.

Hujumkor futbolchimizning professional faoliyatiga nazar solsak, u OTMKda 20 ta uchrashuvda bitta assist qayd etgan. Belarusning ikki klubi – “Energetik-BGU”da 31 ta o‘yinda to‘rtta gol, uchta assist, BATEda 36 ta bellashuvda oltita to‘p kiritib, to‘qqizta golli pas uzatdi.

Umarovning “Ordabasi”dagi harakatlari muxlisu mutaxassislarga manzur bo‘ldi. Jami 77 ta bahsda ishtirok etgan hamyurtimiz ettidan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Shahboz O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. U hozirgacha xalqaro miqyosda beshta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan.

Husanovda bizda yo‘q sifatlar bor! Gvardiola Abduqodirning qaysi kuchli tomonlarini sanab o‘tdi?

“Liverpul” afsonasi Husanov transferiga qanday baho berdi?

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Shomurodov yakshanba kuni boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda. Jamoa nomi ma’lum!

Gvardiola Husanovga eng katta talabni qo‘ydi! Uni tez bajarish kerak...

Husanovni nega ikki baravar ko‘p pul berib bo‘lsa ham olib kelmading!

Husanovning Gvardiolani hayratga solgan uchta sifati aytildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!