"Humo" xokkeychisi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Toshkentning "Humo" jamoasi a’zosi Kirill Ablaev Xitoyning "OERJI" jamoasiga qarshi kechgan bellashuvning 49-daqiqasida raqibga nisbatan ortdan qilgan qo‘polligi uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
VXL - Buyuk ipak yo‘li kubogi tartib-intizom qo‘mitasi musobaqa reglamentining 69-moddasi 1.5 bandiga asosan Ablaevni aybdor deb topdi.
Shu tariqa Kirill bugun bo‘lib o‘tadigan KRS-BSU va 19 noyabr kuni "Tseng Tou"ga qarshi kechadigan uchrashuvni diskvalifikatsiya bois o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar