Husanov – eng katta yo‘qotish!

  • 23 sentabr, 00:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbolini yoritib borayotgan nufuzli manbalar Premer-liganing beshinchi turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv – “Arsenal” va “Manchester Siti” uchrashuvini tahlil qilmoqda.

Tecno

Xususan, manchestereveningnews.co.uk nashrining  “Manchester Siti” bo‘yicha eksperti Saymon Baykovski “Emireyts” stadionidagi o‘yinda yuzaga kelgan jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qildi.

- “Manchester Siti”da maydondan olib bo‘lmaydigan darajada muhim o‘yinchi paydo bo‘ldi. “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda Erling Xoland yoki Jeremi Dokuning zaxiraga olinishi jamoa uchun u qadar jiddiy yo‘qotish hisoblanmaydi. Ammo Husanov bo‘lmasa, ahvol chatoq.

Angliya Premer-ligasi doirasida “Brayton”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Abduqodir Husanov jarohatlanib, maydonni tark etgunicha “Manchester Siti” raqib bilan tengma-teng o‘ynab turgan edi. Keyin “shaharliklar” mag‘lubiyatga olib kelgan golni o‘tkazib yubordi.

Uchrashuvni tahlil qilgan Xosep Gvardiola Husanovning himoyadagi o‘rnini alohida tilga oldi.

- Biz juda yaxshi hujum qildik, pressing uyushtirdik, lekin to‘pni uzoqlashtirishda biror sust o‘ynadik. Bu vaziyatda raqibning tezkor o‘yinchilari bor qanotni yopishga ulgurmadik. Agar Husanov bo‘lganida buning uddasidan chiqardi, chunki u juda tezkor. Ammo oyog‘idan zarba egani bois uchrashuvni davom ettira olmadi, - dedi ispaniyalik murabbiy.

“Siti” Londondagi uchrashuvda ham “Arsenal” bilan to‘qnashuvning oxirgi daqiqalarida gol o‘tkazib yuborganda xuddi shu holatni his qildi.

Husanov “Emireyts”dagi bahsning birinchi bo‘limini ajoyib o‘tkazdi: muntazam to‘pni egallab oldi, to‘plarni qaytarib yubordi, fenomenal tezligi evaziga barcha bo‘sh hududlarni yopishga ulgurdi.

Lekin bir hafta ichida uchta muhim uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlash, Pep aytganidek, Husanovdek jismonan baquvvat o‘yinchiga ham og‘irlik qildi. “Arsenal” bilan kechgan bahsning ikkinchi yarmida Abduqodirning o‘rnini Mateush Nunesh egalladi.

Ayni paytda ko‘pchilik agar Husanov maydonda bo‘lganida “kanonirlar”ning gol urgan hujumchisi Gabriel Martinellini yopishga ulgurishini uqtirmoqda. Bu holatda Nunesh tanqid ostiga olinayotgani yo‘q, shunchaki Husanovni maydon tashqarisida ham mavqei keskin ko‘tarilib bormoqda.

Premer-liganing beshta turi orta qoldi, Husanov esa, bu uchrashuvlarda “Manchester Siti” uchun maydondan olib bo‘lmaydigan futbolchi darajasiga chiqib oldi, - deb yozdi Saymon Baykovski.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvardan beri “Manchester Siti” a’zosi hisoblangan Abduqodir Husanov aslida markaziy himoyachi bo‘lsa-da, oxirgi uchta uchrashuvda o‘ng qanot himoyachisi o‘rnida o‘ynadi. Bu qanotning haqiqiy egalari – Riko Lyuis va Mateush Nuneshga tezlik etishmayotgani sababli ular raqiblarga imkoniyatni boy berib qo‘yayotgan edi.

Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?

Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!

Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...

Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

Tezkor: Jarohat olgan Husanovning ahvoli haqida dastlabki ma’lumot berildi

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!