Husanov g‘alaba golini urgan Xolanddan yuqoriroq ball to‘pladi (SofaScore)

  • 27 fevral, 08:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 27-turida "Manchester Siti" "Tottenxem" mehmoni bo‘lib, g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvning 12-daqiqasida Dokuning chap qanotdan uzatgan pasidan so‘ng hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gol uchrashuv yakunigacha yagonaligini saqlab qoldi. Husanov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘lqi o‘ynadi. Bahs davomida u 2 ta duelda yutib chiqdi. Shuningdek, paslari aniqligi 85 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 4 marta mehmonlarning xavfli vaziyatini yo‘qqa chiqardi.

Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi "SofaScore" portali har ikki jamoa futbolchilarini baholab chiqdi. Unga ko‘ra, Husanov 7.0 ballga loyiq ko‘rildi. Qiziqarlisi, o‘yindagi g‘alaba golini urgan Erling Xoland "shaharliklar" safida eng kam ball to‘plagan futbolchilaridan biri bo‘lgan (6.5). 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!