
Husanov "Real"ga qarshi qanday statistika qayd etdi?
Xabaringiz bor, Chempionlar ligasining pley-off javob bahsida "Real Madrid" "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu bellashuv davomida hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq harakat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning mazkur o‘yinda qayd etgan statistikasi bilan tanishing.
To‘pni uzoqlashtirish – 3
Paslar – 53/57 (93%)
Kesib o‘tuvchi uzatma – 1
Yakka kurashlardagi ustunlik – 2/4
To‘pni yo‘qotish – 6
Qoidabuzarlik – 1
Zarbalar – 1/1
Dribling – 1/1
To‘pni tortib olish – 1
Uning ushbu harakatlarini "Sofascore" portali 6.8 ballga loyiq ko‘rdi.
Fikrlar