Husanovning sherigi mundialda Angliya yordam berolmaydigan bo‘lib qoldi
Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi jahon chempionatida Norvegiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan chorak final o‘yinida maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gexi Angliya Meksikani mag‘lub etgan o‘yindan so‘ng sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarni his qilgan. Dastlab terma jamoa murabbiylar shtabi buni oddiy mushak charcho‘gi, deb baholagan va futbolchi navbatdagi bellashuvgacha to‘liq tiklanishiga umid qilgan.
Biroq keyinchalik tekshiruvlar natijasida Gexida sonning orqa qismi mushaklarida engil darajadagi cho‘zilish aniqlandi. Shu bois, uning Norvegiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etishi hozircha noaniqligicha qolmoqda.
Yakuniy qaror shu juma kuni o‘tadigan jamoaviy mashg‘ulotlarda Gexining to‘liq ishtirok eta olishi yoki yo‘qligiga qarab qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Mark Gexi jahon chempionati-2026 doirasida Angliya terma jamoasining barcha beshta o‘yinida maydonga tushgan. Uning ehtimoliy yo‘qotilishi Tomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.

Fikrlar