Ibragimovich 2016 yilda gol urish bo‘yicha Messini taqib qilmoqda

  • 27 dekabr, 2016, 18:21
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich bir yil mobaynida gol urish bo‘yicha o‘zining shaxsiy rekordini takrorladi. Bu haqda FOX Sports xabar bermoqda.

35 yoshlik forvard 2016 yilda PSJ va “MYu” tarkibida 50 ta gol urdi. Bu borada Ibagimovich 2012 yil ham shunday natijani qayd etgandi.

Bu borada “Barselona” hujumchisi Lionel Messi birinchi o‘rinda bormoqda. Argentinalik yulduz 51 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. Ikkinchi pog‘onada 50 gol bilan Zlatan Ibragimovich bormoqda. Kuchli uchlikni esa kataloniyaliklarning yana bir hujumchisi Luis Suares yakunlab bergan. Uning hisobida 48 ta gol mavjud.

“Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu esa 42 ta gol bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!