Ibragimovich: "Inter" ikkinchi o‘ringa loyiq emasdek ko‘rindi

  • 10 fevral, 2020, 11:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining 23-turida A Seriya muhlislari Milan derbisi guvohi bo‘lishdi. Ushbu uchrashuvda "rossonerilar" birinchi taymdagi 2:0 hisobidagi g‘alabani ushlay olishmadi va ikkinchi taymda 4 ta gol o‘tkazib yuborib, yakunda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Tecno

"Qora-qizillar" hujumchisi Zlatan Ibragimovich esa uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Nima bo‘lganini tushuntirish qiyin. Tanaffus vaqtida o‘zimizga ikkinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasi nihoyatda muhim bo‘lishini aytdik. Biroq, ayni dastlabki 15 daqiqada ikkita gol o‘tkazib yubordik.

Hisob tenglashganidan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. O‘zimizga bo‘lgan ishonch qayoqqadir yuqolib qoldi, paslar ham pressing ham o‘xshamay qoldi.

"Ko‘p nasra tajriba bilan bog‘liq deb hisoblayman. Siz o‘yinni 2:0 hisobida oldinda borayotganizda o‘yinni boshqara olishingiz kerak.

Birinchi taymda xatosiz o‘ynadik, xatto "Inter" ko‘zimga ikkinchi o‘ringa loyik emasdek ko‘rindi, ammo ular oxirigacha kurashishdi va ikkinchi taymda ular qaysi o‘ringa loyiqligini ko‘rsatishdi", - deydi Ibragimovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!