
Ibragimovich qachon safga qaytishini aytdi
"Napoli"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich qachon safga qaytishini ma’lum qildi.
“Jarohat u qadar jiddiy emas. Taxminan 1-2 haftalarda safga qaytaman. Futbol mening eng yaqin do‘stim, mening ishtiyoqim. Men usiz men bo‘lolmasdim. O‘ynamasam, o‘zimni begonadek his qilyapman”, - dedi 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi.
Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar