Ibrohimovich zo‘rligini isbotlab qo‘ydi!

  • 24.11.2020 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich muxlisu mutaxassislarni hayratga solishda davom etmoqda.

39 yoshli futbolchi A Seriyaning navbatdagi uchrashuvida “Napoli” darvozasini ikki marta aniq nishonga olib, milanliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi va jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi.

Shu tariqa, shvetsiyalik to‘purar o‘zi ishtirok etgan ketma-ket sakkizinchi uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.  Bungacha Italiya chempionatida o‘ynagan “Milan” futbolchilarining hech biri sakkizta o‘yinda uzluksiz gol ura olmagan.   

Ibrohimovichning o‘zi joriy mavsumdagi gollari sonini o‘ntaga etkazib, to‘purarlar bahsida yana bir “qariya” – Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.

“Manchester Siti” Messidan voz kechdi

Pirlo uch futbolchini sotishni taqiqladi. Ular orasida Ronaldu yo‘q!

Kutilmagan qaror. “Barsa” inqirozdan chiqish uchun Fatini sotib yuboradi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!