Pirlo uch futbolchini sotishni taqiqladi. Ular orasida Ronaldu yo‘q!

  • 22.11.2020 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoaning uch futbolchisiga transfer ta’qiqini qo‘lladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, qator klublardan taklif olayotgan Adrien Rabio, Merix Demiral va Danilo shartnomasi yakunlanmasidan Turinni tark eta olmaydi. “Yuventus”da yangi o‘yin uslubini shakllantirishga harakat qilayotgan Pirlo ularga tayanishini bildirgan.

Hozircha, Pirlo shogirdlari musobaqa jadvalida 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

O‘z o‘rnida, Krishtianu Ronaldu muxlislarini portugaliyalik to‘purarning taqdiri ham qiziqtirmoqda. Uni grand klublar kuzatayotganiga qaramay, turinliklar sport direktori Fabio Paratichi Ronaldu jamoada qolishini ta’kidlamoqda.

Pogba “Manchester Yunayted”dan qachon ketishi aniq bo‘ldi

Zidan: Bu futbolchi sotilmaydi!

“Barselona” kurashdan chiqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!