Ignatiy Nesterov yana "Lokomotiv"ga qaytishga yaqin turibdi

  • 1 avgust, 2019, 09:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Doping sabab futboldan ma’lum muddat chetda qolgan O‘zbekiston milliy termasi posboni Ignatiy Nesterov yana 12 kundan keyin mashg‘ulot boshlashi mumkin.

Tecno

OFK Nesterovni 2019 yilning 12 oktyabr sanasiga qadar futboldan chetlashtirgandi. O‘zPFL 4 avgustdan 5 avgustga o‘tar kechasi yozgi transfer bozorini yopadi. Mazkur oraliqda Ignatiy Nesterov Coca Cola Superligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu borada O‘FA OFK bilan bog‘lanib, barcha masala reglamentga asosan hal qilinishi yuzasidan ishladi. Ayni vaqtda Nesterov #lokomotiv qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Qoidaga ko‘ra, futbolchi qaytish sanasidan ikki oy muqaddam jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilish huquqiga ega. Agar u 12 oktyabr kuni jamoasining qaydnomasiga kiritilsa, Coca Cola Superligasining 22-turidan boshlab maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nesterov JCh-2022 saralashining Falastin, Yaman, Singapurga qarshi o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Murabbiylar shtabi lozim topsa va o‘z formasini tez orada tiklab olsa, balki noyabr oyidagi Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi takroriy o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lar.

Manbaa: Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Asil Dushanov
01/08/2019 15:01
Nesterov lokomotivga qayting o‘zingizni uyingizdek bo‘lib qolgan jamoa
Ravshan Tursunov
01/08/2019 10:51
Нестеровда озгина булсада самоуважение булса Яна шу Балоянни командасида уйнамайди!!