"Igor Shkvirin imkonlarni o‘zi bilan olib ketdi"

  • 2 noyabr, 2021, 06:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Haftaning payshanba kuni Superliganing 24-turiga start beriladi. Faqat bu safar doimgidek 7 emas, balki 6 ta o‘yin o‘tkaziladi. Chunki “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi bahs 15 noyabrga qoldirildi.

Tecno

Bilasiz, qarshiliklar 5 noyabr kuni Bahraynda OFK Kubogi finalida o‘ynaydi. Shuning uchun qo‘qonliklar dam oladilar. Oldimizda turgan oltita juftlikda ham murosasizlikni kutish mumkin.

Chunki jadvalning yuqori va pastki qismida kurash juda keskin tus olgan. Bu safar sobiq futbolchi, “Oqtepa” klubini boshqargan Alisher Shog‘ulomov jamoalarning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

4 noyabr (payshanba)

AGMK – “Andijon”

- To‘g‘risi, bu o‘yinni printsipal bellashuv, deb bilaman. Sababi, AGMK klubi medallar uchun qattiq kurashyapti. “Andijon” esa Superligada jon saqlab qolish yo‘lida harakat qilyapti. O‘ylaymanki, Olmaliqda yaxshi o‘yin bo‘ladi. Jangovar bahs guvohi bo‘lamiz. Lekin ustunlik AGMK jamoasida deb o‘ylayman. Bu shaxsiy fikrim. Nazarimda, mezbonlar yutsa kerak.

andijon4444_3

 “Bunyodkor” – “Qizilqum”

- Sizga o‘z fikrimni aytsam, “Bunyodkor”ning muxlisi bo‘lib aytgandek tuyulishi mumkin. O‘ylaymanki, hozir ikkala jamoa optimal formada, ayniqsa, “Bunyodkor”. “Qizilqum” jamoasi ham yaxshi tarkibga ega. Tajribali o‘yinchilari bor. Ammo bu uchrashuvda “Bunyodkor”ning g‘alabasiga imkoniyat ko‘proq, degan bo‘lardim. Chunki klub o‘z maydonida o‘ynaydi. Shu sababdan bu o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonsa kerak. Foiz hisobida 60x40. O‘ylaymanki, katta hisob bo‘lmasa kerak.

bunik1_1

5 noyabr (juma)

“Lokomotiv” – “So‘g‘diyona”

- Mana shu o‘yinni turning markaziy uchrashuvi, deb aytsa bo‘ladi. Menimcha, “Lokomotiv” jamoasiga ham bu uchrashuv printsipial ahamiyat kasb etadi. Albatta, “So‘g‘diyona” ham sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgani sababli bor kuchini sarflaydi. Lekin, o‘ylaymanki, “Lokomotiv” bu uchrashuvda g‘alaba qozonsa kerak. O‘yinning Toshkentda o‘tishi ham mezbonlarga ustunlik beradi.

loko1_4

“Navbahor” – “Metallurg”

- “Metallurg” jamoasiga ham bu o‘yin juda muhim, ularga ochkolar kerak va to‘plashi lozim. Klub hozir xavfli hududga tushib qolgan. Ammo bu juftlikda yaqqol favorit “Navbahor”, deb bilaman. Sababi, tarkibi yaxshi, o‘yini ham. “Metallurg” jamoasida muammolar bor. “Navbahor”ning murabbiylar shtabida yaxshi mutaxassislar ishlayapti. Samvel Babayan ham shu erda. Mening fikrimcha, “Navbahor”ga bunday o‘yinlarni yutish shart. Imkoniyatlar 70x30 bo‘lsa kerak.

navbaxor4_1

6 noyabr (shanba)

“Mash’al” – “Turon”

- Pastki o‘rindagi jamoalar bir-biriga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Muborakda o‘tkizilsa-da, “Turon” g‘alaba qozonsa kerak. Chunki ular tarkib jihatidan yaxshiroq. Qolaversa, endi bu jamoani yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Ochiq va hujumkor futbol o‘ynasa kerak. Lekin “Turon”da Superligada qolish imkoniyati yo‘q, deb o‘ylayman. Igor Shkvirin imkonlarni o‘zi bilan olib ketdi.

mash’al2_2

“Paxtakor” – “Surxon”

- Kubok uchrashuvlaridan oldin “Paxtakor”ga bu mashg‘ulotdek o‘yin bo‘lsa kerak. Lekin “Surxon” jamoasiga ochko kerak. Shu sababdan ular bor kuchini berib o‘ynaydi. Ammo termizliklarning g‘alaba uchun imkoniyati juda kam. Nazarimda, “Paxtakor” raqibini yirik hisobda yutadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
02/11/2021 10:46
Сарлавхани укиб Игорь Шквирин ёки Туронда яна нима булибди экан дебман сарлавхани узи билан янгилигингиз тугаган экану , богча болалари хам богчада сиз берган маълумотдан зурини бир-бирига гапириб утирибдику Космос яратманглар Супер лига бу айримлар учун холос а так хайр Футбол салом бизнес булиб колган Узбек футболи