
Ijaraga olib kelingan Kepa endi "Real"dan ketmoqchi emas
Yozda "Chelsi"dan "Real"ga ijara asosida ko‘chib o‘tgan Kepa Arrisabalaga Madrid klubida baxtli ekani haqida gapirdi.
"Albatta, men "Real"da qolishdan baxtiyor bo‘laman. Kim bu jamoada qolishni istamaydi axir? Men bu erda juda va juda baxtiyorman!", - dedi ispaniyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, Kepa joriy mavsum La Liganing 7 o‘yinida 5 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, darvozabon 4 ta bahsda "quruq o‘yin" o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar