
Ikardi "Inter" to‘purarlari ro‘yxatida Kristian Veriga etib oldi
Ikki oylik tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytgan “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi kecha A Seriyaning 30-turida “Jenoa" (4:0) darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va o‘zining “neradzurrilar” safidagi gollari sonini 123taga etkazib oldi.
E’tiborlisi, 26 yoshli argentinalik futbolchi bu ko‘rsatgich borasida Kristian Veri bilan tenglashib oldi. Ular hozirda “Inter” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 8- va 9-o‘rinlarni egallab turishibdi.
Ulardan yuqorida esa Juzeppe Meatstsa (284), Alessandro Altobelli (209), Roberto Boninsenya (171), Sandro Matstsola (160), Luiji Chevenini (158), Benito Lorentsi (143) va Ishtvan Nersh (133) kabi futbolchilar joy olishgan.
Fikrlar